<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Kechirilganlar</title>
<lyrics>[V1]
 Xudosiz qilgan koʻp
 Ayb, gunohlari
 Muqaddas Qon bilan
 Oʻchirilganlar
 Oppoq bulutlarda
 Koʻkka olinar
 Masihda gunohi
 Kechirilganlar!

[V2]
 Ishoning Xudoning
 Inoyatiga
 Rabbimdan yuborgan
 Xush, haq xatiga
 Bu malhamdir qalbning
 Jarohatiga
 Oppoq bulutlarda
 Koʻkka olinar
 Masihda gunohi
 Kechirilganlar!

[C1]
   Rabbimiz keladi
   Farishtalar-la
   Karnay sadolarin
   Chalib baralla
   Bilmadim tun yoki
   Ayni tong palla
   Oppoq bulutlarda
   Koʻkka olinar
   Masihda gunohi
   Kechirilganlar!

[V3]
 Biz birga boʻlamiz
 Bu ajib damda
 Quvonchga toʻlamiz
 Oxir zamonda
 Rabbim haqligini
 Kuylab osmonda
 Oppoq bulutlarda
 Koʻkka olinar
 Masihda gunohi
 Kechirilganlar!

[V4]
 Masih gʻalabasin
 Nashidasi bu
 Endi boʻlmas koʻz yosh,
 Gʻam-alam mangu
 Lak-lak farishtalar
 Chalishib cholgʻu
 Oppoq bulutlarda
 Koʻkka olinar
 Masihda gunohi
 Kechirilganlar!

[V5]
 Kutayabman, sizchi?
 Men ushbu damni
 Xudo Sevgisiga
 Toʻla olamni
 Iso Xudo Oʻgʻli
 Degan odamni
 Oppoq bulutlarda
 Koʻkka olinar
 Masihda gunohi
 Kechirilganlar!

[V6]
 Nega ovvorasiz
 Ishu, tashvish-la
 Najotga muhtojdir
 Shahar, mahalla
 Hosil moʻl shopirib
 Olinsa gʻalla
 Oppoq bulutlarda
 Koʻkka olinar
 Masihda gunohi
 Kechirilganlar!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov, Timoʻtiy</author>
</song>